5 qadamda kvartira xarid qilish
Siz loyiha bilan oldindan tanishib chiqishingiz mumkin: bizning veb-saytimizda, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda yoki darhol qayta qo‘ng‘iroq buyurtma qilishingiz mumkin. Siz bilan shaxsiy menedjer telefon orqali bog`lanib, savdo ofisida uchrashuv belgilaydi.
Savdo ofisimizda mutaxassisimiz sizga loyiha bo‘yicha to‘liq ma’lumot berib: mavjud xonadonlar va ularning narxini tekshirib, sizga mos keladigan xonadon rejalarining variantlarni tanlab beradi.
xonadon tanlash va xarid qilish
Sizga mos keladigan xonadonni tanlaganingizdan so‘ng, shartnoma imzolash uchun taqdim etiladi. Uni rasmiylashtirish uchun faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjatingiz (ID karta) talab qilinadi.
Shartnoma imzolangandan so`ng, shartnomada belgilangan muddat ichida bank kassasi orqali to`lovni amalga oshirish kerak. Zarur bo‘lsa, bizning xodimimiz sizga barcha hujjatlarni tushunishda va rasmiylashtirishda yordam beradi.
Shartnomani imzolash va to‘lov
Shartnoma muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganidan so`ng, kalitlar shartnomada belgilangan muddatda xaridorga topshiriladi, shundan so‘ng mulk huquqi rasmiylashtiriladi.
Uy topshirish va mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish